Aloqada bo‘ling

Rossiyaga kirish uchun 30-iyundan QR kod talab etiladi

Rossiyaga kirish uchun 30-iyundan QR kod talab etiladi

Vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari 30-iyundan boshlab “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va QR-kod olishi shart bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

  • shaxsiy kabinet yaratish;
  • fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash;
  • Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish kerak.

Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim. Agar kelish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin.

Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi:

  • Belarus fuqarolari;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar.

6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart.