Aloqada bo‘ling

Sabrina Jabborovani urib yuborgan Sevinch Ma’rufova bu voqeadan keyin qattiq stressda bo‘lganini aytdi

Sabrina Jabborovani urib yuborgan Sevinch Ma’rufova bu voqeadan keyin qattiq stressda bo‘lganini aytdi

Sabrina Jabborova urib yuborgan fojiali voqea markazida qolgan aktrisa Sevinch Ma’rufova boshidan o‘tkazgan og‘ir stress haqida ochiq gapirdi. Bu haqda u Instagramdagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi.

Sevinch o‘ta og‘ir kunlarni boshdan kechirganini tan oldi. “Atrofingizdagi odamlarning, ayniqsa, yaqinlaringizning fikri juda muhim ekan”, — deb ta’kidladi u. — “Shu paytgacha yaqinlarim yonimda bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab turishdi”. Shuningdek, aktrisa kitob o‘qish unga dahshatli fikrlardan chalg‘ishga yordam berganini ta’kidladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Eslatib o‘tamiz, voqea Ozoda Nursaidovaning videoklipini suratga olish jarayonida Sevinch Ma’rufova avtomobilni boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, Sabrina Jabborovani bexosdan urib yuborgan. Bu haqda batafsil bu yerda o‘qishingiz mumkin.