“Samuraylarning so‘nggisi” seriali yangi treylerga ega bo‘ldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov
Netflix “Samuraylarning so‘nggisi” yapon serialining rasmiy treylerini taqdim etdi. Tarixiy drama 13-noyabr kuni namoyish etiladi.
Voqealar XIX asr oxiridagi (Meydzi davri) Yaponiyada kechadi. Syujet bo‘yicha, 292 nafar samuray 100 milliard yen miqdoridagi pul mukofoti uchun kurashda ishtirok etadi.
Serialning mualliflaridan biri va bosh aktyori Dzuniti Okadadir. Asar yozuvchi Syogo Imamuraning “Hikuidori” romaniga asoslangan.
“Samuraylarning so‘nggisi” seriali jami olti qismdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Loyiha allaqachon “Syogun” va “Kalmar o‘yini” seriallari bilan qiyoslanmoqda.