SanJay atirgullar toʻldirilgan mashina bilan shahar koʻchalarini kezdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda SanJay oʻzining mashinasini gullarga toʻldirib, Toshkent koʻchalarini aylandi.
Bu video tadbirkor Saʼdullo Nosirov tomonidan suratga olingan. SanJay esa uni oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan.
Videoga “Aytishlaricha, u har yili shunday gullarni olib keladi”, deb yozilgan. Xonanda bunga javoban, “Mayli gapiraverishsin” degan.
Maʼlumotlarga koʻra, bu kompozitsiya SanJayning “Atirgulim” qoʻshigʻiga ishlanayotgan klip uchun boʻlishi mumkin. Hozircha aniq maʼlumot yoʻq.