Saratonni yenggan Raʼno Shodiyevaning hayoti haqida klip olindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda Ravshan Sobirov “Xasta boʻlma” deb nomlangan qoʻshigʻiga klip suratga oldi.
Klip voqealari aktrisa Raʼno Shodiyevaning hayotidan olingan. Kartina 10-aprel kuni premyera qilindi.
Ushbu video ostida aktrisaning koʻplab yaqinlari barchasi oʻtgani rost boʻlsin, deya yozib qoldirgan. Videoga qariyb 40 ming kishi layk bosgan.
Shuningdek, izohlarda juda koʻplab insonlar oʻzi, turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, doʻsti yoki yaqin tanishi aynan saraton kasalligi bilan olishayotganini aytib, ular shifo topishi uchun duo soʻragan.