Aloqada bo‘ling

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

30-may kuni aeroport Silk Avia aviakompaniyasining birinchi reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi.

Silk Avia Toshkent-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ATR-72−600 samolyotlarida muntazam qatnovlarni haftasiga ikki marta — chorshanba va juma kunlari amalga oshirishni rejalashtirgan.

29-aprel kuni Sariosiyo aeroporti rekonstruksiyadan keyingi birinchi texnik parvozini qabul qildi. Aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.