Sport

Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

Meksikaning “Monterrey” klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos joriy yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida kimni bosh favorit deb bilishini aytdi. Bu haqda Euro-Football nashri xabar berdi.

39 yoshli ispaniyalik futbolchi bu borada kutilganidek o‘zining sobiq jamoasi — “Real Madrid”ni ajratib ko‘rsatdi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining favoriti? Menimcha, “Real”ni har doim yirik musobaqalarning asosiy nomzodi deb atash mumkin. U — dunyodagi eng yaxshi jamoa, — deya Ramosning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos “Real Madrid” safida 16 yil davomida to‘p surgan va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Madrid jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining ilk turida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.