Sevara Nazarxon va Konsta birgalikda qo‘shiq kuyladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Mashhur xonanda Sevara Nazarxon va reper Konsta hamkorlikda qo‘shiq ijro etdi. Bu haqda ular o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi izdoshlariga xabar berishdi.
Xonandalar Toshkent ko‘chalarida “Asragin meni” nomli yangi qo‘shiqlarini birgalikda ijro etdi. Muxlislar to‘planishib, ularni telefonlariga yozib olishdi.
“Juda ajoyib chiqibdi!”, “Biz kutgan kollab!” — deb yozishdi muxlislar izohlar bo‘limida. Jonli ijroni quyidagi havola orqali tinglab va tomosha qilishingiz mumkin.