Shahzoda Matchonova ekranlardan “g‘oyib bo‘lishi” sababini tushuntirdi
38 yoshli mashhur aktrisa Shahzoda Matchonova so‘nggi yillarda kino ekranlarida kam ko‘rinayotgani haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida muxlislarga murojaat qilib ma’lum qildi.
“Aksariyat savollar kinoga oid — qachon qaytaman, nega yo‘qman. Sog‘inganlarga katta rahmat, bu meni chin dildan quvontirdi. Men ham sizlarni, premeralarni juda sog‘indim. Qaytish istagim bor, lekin aynan qachon ekanini hozircha bilmayman”, — deb yozdi aktrisa.
Shahzoda Matchonova so‘nggi marta yirik ekranda 2021-yilda suratga olingan “Kechir” filmida ko‘ringan edi. Undan so‘ng u reklama loyihalari, teatr sahnalari va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Aktrisaning muxlislari uning qaytishini intiqlik bilan kutmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar Shahzodaning ishtirokidagi yangi filmlarni sog‘inganini yozib, san’atkorni tez orada ekranlarda ko‘rish umidini bildirishgan.