Shahzoda Muhammedova eri bilan tushgan suratlarini sun’iy intellekt yordamida tahrirlashni to‘xtatishni talab qilmoqda

Mashhur aktrisa Shahzoda Muhammedova foydalanuvchilar uning eri bilan tushgan suratlarini ruxsatsiz sun’iy intellekt (SI) yordamida tahrirlayotgani va montaj qilayotganidan g‘azablandi. U bu haqda Instagram sahifasidagi muxlislariga xabar berdi.
Aktrisa muxlislariga iltimos bilan murojaat qildi: “Iltimos, bizning suratlarimizni ruxsatsiz tahrir va montaj qilmang. Men hech qachon erimni quchoqlab suratga tushmaganman va buni xalq oldida qilishdan uyalaman.
Har bir insonning o‘z chegarasi va uslubi bor. Sun’iy intellektdan so‘ramasdan foydalanayotganlarga iltimosim: ruxsatsiz montaj qilmang va o‘zboshimchalik qilmang”.
Muhammedova, shuningdek, ular eri bilan “buyurtma asosida suratga tushgan” deb ko‘rsatilayotgan har qanday kadrlar “soxta fotosessiya” ekanini ta’kidladi.