Shaxriyor hayotidagi eng muhim saboq nima ekanini aytdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Reper Shaxriyor chet eldagi sayohatidan rasmlar ulashib, postga falsafiy izoh yozib qoldirdi.
Bu orqali sanʼatkor hayotdagi missiya nimadan iborat ekanligi, buning uchun qanday harakat qilish kerakligini aytadi.
“Oʻzingiz bilan poygani toʻxtatgan kuningiz oʻyinda gʻolib boʻlasiz”, deb yozadi ijodkor Instagram postidagi izohi ostida.
Uning suratdagi obrazini muxlislari yuqori baholashgan. Ayrimlar reperni italyan erkaklariga oʻxshab qolganini alohida qayd etgan.