Shaxzoda Muxammedova boylarga ikkinchi xotin boʻlib tegayotganlarga jiddiy murojaat qildi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Aktrisa Shaxzoda Muxammedova ikkinchi yoki uchinchi ayol boʻlib, umr kechirishni tanlayotgan xotin-qizlarga murojaat qildi.
Sanʼatkor oʻz turmush oʻrtogʻi Marat Hamdamov yirik qurilish kompaniyalaridan biriga egalik qilsada, oʻzini uning rasmiy elchisi sifatida tanishtirmasligini qayd etgan.
“Kompaniyani rivojlantirib, oʻlib-tirilgan, shuncha farzandlarni yetishtirgan kimu, tayyoriga kelgan kim? Oʻrik dovcha boʻlganda, qayerda edingiz oyimchalar”, — deb yozadi aktrisa.
U aynan kimga yoki kimlarga murojaat qilganiga oydinlik kiritmagan. Faqatgina tarmoqlarda uning umr yoʻldoshi bilan tushgan surati ostida yozilgan izoh bilan postlar tarqalgan.