Kino

Sidni Suini “Bond”ning navbatdagi filmidagi ishtiroki haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Sidni Suini “Bond”ning navbatdagi filmidagi ishtiroki haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

“Eyforiya” yulduzi Sidni Suini franshizaning yangi filmida Bondning sevgilisi rolini taklif qilingani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Men [yetti soniyalik tanaffus] ayta olmayman. Bilmayman [o‘n soniyalik tanaffus]. To‘g‘risini aytsam, Bond haqidagi barcha mish-mishlardan bexabarman, lekin men har doim franshizaning katta muxlisi bo‘lganman va ular uni qanday davom ettirishlari meni qiziqtiradi. Bu ssenariyga bog‘liq. Menimcha, Jeyms Bond roli menga ko‘proq mos kelardi”, — dedi Suini.

Bondiananing yangi qismini Deni Vilnev (“Dyuna”) suratga oladi va Amazon MGM studiyasi tomonidan namoyishga chiqariladi. Bosh rol ijrochisi hali ham noma’lum.

Suini yaqinda “Kristi” nomli sport biografik filmida rol ijro etdi. Shuningdek, u 2026-yilning birinchi yarmida HBO telekanalida premyerasi bo‘ladigan “Eyforiya” serialining uchinchi mavsumida ham ishtirok etadi.