Aloqada bo‘ling

Sidni Suini ishtirokidagi “Amerikaliklar” filmining treyleri chiqdi

Sidni Suini ishtirokidagi “Amerikaliklar” filmining treyleri chiqdi

Lionsgate “Amerikaliklar” vesternining debyut treylerini taqdim etdi. Unda bosh rolni Sidni Suini (“Eyforiya”) ijro etgan.

Syujet bir nechta qahramonlar atrofida tubjoy amerikaliklarning afsonaviy artefaktiga intilish orqali rivojlanadi. Ikkinchi planda Pol Uolter Xauzer, qo‘shiqchi Xolzi, Tobi Xaas, Erik Deyn, Zan Makklarnon va Saymon Reks rol o‘ynagan.

“Amerikaliklar” filmiga debyutant Toni Tost (“Pokerfeys”) rahbarlik qilgan. Kartinaning jahon premerasi 2023-yilda SXSW festivalida bo‘lib o‘tdi va u tanqidchilarning ijobiy baholariga sazovor bo‘ldi.