Aloqada bo‘ling

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan surat joyladi

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan surat joyladi

Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda chet elda umr yoʻldoshi bilan birga dam olmoqda. U oilaviy suratlarini eʼlon qildi.

Sanʼatkor bir qancha vaqtdan beri Oʻzbekistondan tashqarida istiqomat qilmoqda. U turmush oʻrtogʻi Dubayda yashashini aytgandi.

Juftlik bir muddat issiq oʻlkalardan birida dam olgan. Farmonova bu jarayondan bir qancha videolar joylab borayotganini koʻrish mumkin.

19-fevral kuni yuklangan storislarda xonanda umr yoʻldoshi bilan baland togʻlarda sayr qilayotganini koʻrish mumkin. U hayot goʻzalligini taʼkidlagan.