Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan surat joyladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda chet elda umr yoʻldoshi bilan birga dam olmoqda. U oilaviy suratlarini eʼlon qildi.
Sanʼatkor bir qancha vaqtdan beri Oʻzbekistondan tashqarida istiqomat qilmoqda. U turmush oʻrtogʻi Dubayda yashashini aytgandi.
Juftlik ayni damda issiq oʻlkalardan birida dam olyapti. Farmonova bu jarayondan bir qancha videolar joylab borayotganini koʻrish mumkin.
19-fevral kuni yuklangan story`larda xonanda umr yoʻldoshi bilan baland togʻlarda sayr qilayotganini koʻrish mumkin. U hayot goʻzalligini taʼkidlagan.