Aloqada bo‘ling

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan videoni eʼlon qildi

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan videoni eʼlon qildi

Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda chet elda umr yoʻldoshi bilan birga dam oldi. U oilaviy videolarini eʼlon qildi.

Sanʼatkor bir qancha vaqt Oʻzbekistondan tashqarida istiqomat qildi. U avvalroq turmush oʻrtogʻi Dubayda yashashini aytgandi.

Juftlik fevral oyi oʻrtalarida issiq oʻlkalardan birida dam olgan. Farmonova bu jarayondan bir qancha videolar joylab borgan edi.

Jumladan, 17-fevral kuni joylangan story`da aktrisa mashinada Botir Qodirov ijrosidagi “Oy yuzingga” qoʻshigʻini ijro qilib ketayotganini koʻrish mumkin.

Shuningdek, boshqa hikoyalarda u yirik savdo majmualaridan birida sayr qilayotgani koʻringan. Bundan tashqari, mehmonxonadan ham video joylangan.