Aloqada bo‘ling

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan videoni eʼlon qildi

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan videoni eʼlon qildi

Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda chet elda umr yoʻldoshi bilan birga dam olmoqda. U oilaviy videolarini eʼlon qildi.

Sanʼatkor bir qancha vaqtdan beri Oʻzbekistondan tashqarida istiqomat qilmoqda. U turmush oʻrtogʻi Dubayda yashashini aytgandi.

Juftlik ayni damda issiq oʻlkalardan birida dam olyapti. Farmonova bu jarayondan bir qancha videolar joylab borayotganini koʻrish mumkin.

Jumladan, 17-fevral kuni joylangan storyʼda aktrisa mashinada Botir Qodirov ijrosidagi “Oy yuzingga” qoʻshigʻini ijro qilib ketayotganini koʻrish mumkin.

Shuningdek, boshqa hikoyalarda u yirik savdo majmualaridan birida sayr qilayotgani koʻringan. Bundan tashqari, mehmonxonadan ham video joylangan.