“Sokin joy 3”ning premyera sanasi o‘zgardi

Paramount Pictures “Sokin joy” dahshat filmining uchinchi qismi premyerasini kechiktirdi. Film 2027-yil 30-iyulda (9-iyul o‘rniga) xorijiy kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Filmni birinchi va ikkinchi qismlarni suratga olgan Jon Krasinski boshqaradi. Syujet tafsilotlari hali ma’lum emas. Bosh rollarda Emili Blant, Noa Jup va Millisent Simmondslar o‘ynashi taxmin qilinmoqda, ammo bu hali aniq emas.
“Sokin joy” syujeti post-apokaliptik dunyoda yashovchi oila haqida hikoya qiladi. Yerga har qanday tovushga o‘ta sezgir bo‘lgan maxluqlar hujum qilgan.
Franshiza 2018-yilda boshlangan; davomi 2020-yilda chiqqan. Ikkala film jami 638 million dollar daromad keltirgan. Shuningdek, 2024-yilda Lupita Niongo ishtirokida “Birinchi kun” nomli spin-off filmi ham chiqarilgani ma’lum.