“Soprano klani” seriali aktyori Jerri Adler vafot etdi

“Soprano klani” va “Yaxshi xotin” seriallari yulduzi, amerikalik aktyor Jerri Adler hayotdan ko‘z yumdi. 97 yoshli aktyorning vafoti haqida uning oilasi xabar berdi.
Adler avvalo Brodvey aktyori sifatida mashhur bo‘lib, u “Jentlmenlar sarg‘ish sochli ayollarni ma’qul ko‘rishadi”, “Mening go‘zal ayolim”, “Olma daraxti” va “Uyga qaytish” kabi spektakllarda rol ijro etgan. Adler kinoda 60 yoshida jiddiy tarzda suratga tusha boshlagan.
Oddiy tomoshabinlar Adlerni “Soprano klani” serialidagi bosh qahramonning ishonchli shaxsi Xesh roli orqali tanishadi. Bundan tashqari, aktyor “Yaxshi xotin” serialida advokat Govard Layman rolini ijro etgan.
Uning mashhur aktyorlik ishlari orasida “Nyu-York, Nyu-York”, “Eng shafqatsiz yil”, “Manxetten siri” filmlari ham bor.