“Splinter Cell: O‘lim qo‘riqchisi” multserial treylerining taqdimoti bo‘ldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Netflix “Splinter Cell: O‘lim qo‘riqchisi” animatsion serialining rasmiy treylerini e’lon qildi. Loyiha Ubisoft kompaniyasining Splinter Cell videoo‘yinlar turkumiga asoslangan.
Syujet yangi terroristik tahdidlarga qarshi kurashayotgan keksa MXA agenti Sem Fisher haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon ovozini Liv Shrayber ijro etgan.
Shou muallifi Derek Kolstad (“Jon Uik”) hisoblanadi. Rejissyorlar Giyom Duss (“Sevgi. O‘lim. Robotlar”) va Felisen Kolme-Daage (“Xudolar cho‘qqisi”) bo‘lishgan.
Premyera 14-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Netflix serialning ikkinchi mavsumiga oldindan buyurtma bergan.