“Springstin: Meni yo‘qlikdan qutqar” biografik filmining yangi treyleri e’lon qilindi
Internetda “Springstin: Meni yo‘qlikdan qutqar” nomli biografik filmning rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. Qo‘shiqchi Bryus Springstinning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan drama 24-oktyabrdan boshlab xorijiy kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Bosh rolni Jeremi Allen Uayt (“Ayiq” serialidan mashhur) ijro etgan. Film syujeti Springstinning 1982-yilda "Nebraska" albomini yaratish jarayonini aks ettiradi.
Filmni Skott Kuper (“Qora messa” filmi rejissyori) suratga olgan. Ikkinchi darajali rollarda Jeremi Strong, Stiven Grem, Odessa Yang, Pol Uolter Xauzer va boshqalar ishtirok etishgan.
“Springstin” filmining jahon premyerasi Telluraid kinofestivalida bo‘lib o‘tdi va u yerda tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi (Rotten Tomatoes saytida 93 foiz ijobiy baho oldi).