Aloqada bo‘ling

Talabalar uchun qishki taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi

Talabalar uchun qishki taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar oʻquvchilari 25-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.

Oʻzbekistonda talaba va texnikum, litsey oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 25-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilari 2024-yilning 25-dekabridan boshlab qishki taʼtilga chiqadi. Shu bilan 7-yanvarga qadar (shu kuni ham) dam oladi.

Darslar 2025-yilning 8-yanvar sanasidan boshlanadi.