Tim Byorton va Monika Belluchchi ajrashdi

Gollivud rejissyori Tim Byorton va italiyalik aktrisa Monika Belluchchi ikki yillik munosabatlaridan so‘ng ajrashishga qaror qildi. Bu haqda juftlik AFP agentligiga rasmiy bayonot yuborib, jamoatchilikka ma’lum qildi.
“Biz bir-birimizga bo‘lgan chuqur hurmat va o‘zaro mehr bilan ajrashishga qaror qildik”, — deyiladi xabarda.
Mashhurlar 2023-yil martidan beri uchrashib kelishgan — ular intervyularida bir-birlari haqida ko‘p marta ijobiy fikr bildirishgan, ommaviy ravishda sevgi izhor qilishgan. Chetdan qaraganda, ularning munosabatlari uyg‘un va baxtli ko‘rinardi.
Ajralishga aynan nima sabab bo‘lgani noma’lum. Xabar qilinishicha, qaror o‘zaro kelishuvga asosan qabul qilingan. Ilgari Belluchchi fransuz aktyori Vensan Kassel bilan, Byorton esa ingliz aktrisasi Helena Bonem Karter bilan turmush qurgan edi.