Sport

Timur Kapadze: “O‘zbekiston—Qatar o‘yinida Prezident ham ishtirok etadi”

Timur Kapadze: “O‘zbekiston—Qatar o‘yinida Prezident ham ishtirok etadi”

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 10-iyun kuni Qatar terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi.

“Hammasi hal bo‘lgandek tuyulsa-da, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Mamlakatimiz prezidenti ham stadionda bo‘ladi - bu alohida mas’uliyat yuklaydi”, — dedi Kapadze.

Temur Kapadze ham Qatar terma jamoasi oson raqib emasligini ta’kidladi. Biroq, uning fikricha, O‘zbekiston jamoasi hozirda barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha qatarliklardan ustun.