Tom Felton Drako Malfoy roliga qaytadi

Britaniyalik aktyor Tom Felton yana “Garri Potter” franshizasidagi sehrgar Drako Malfoy rolini o‘ynaydi — bu safar Brodveydagi “Garri Potter va la’nati bola” spektaklida.
Felton ishtirokidagi spektakllar 2026-yil 11-noyabrdan 22-martgacha Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Aktyor uchun bu Brodveydagi professional debyut bo‘ladi. “La’nati bola” voqeasi filmning so‘nggi qismi "O‘lim sovg‘alari" voqeasidan 19 yil o‘tib rivojlanadi.
Syujetga ko‘ra, Malfoy, Garri Potter, Germiona Greydjer va Ron Uyesli o‘z farzandlarini “Hogvarts” sehrgarlik maktabiga o‘qishga yuboradilar.
Avvalroq HBO telekanalining “Garri Potter” serialidagi yangi Malfoy haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Antagonistni go‘yoki Dekster Sol Ansell (“Ochlik o‘yinlari”) gavdalantiradi. HBO kastingga izoh bermadi. Serial taxminan 2026-yilda namoyish etiladi.