Tom Kruz faxriy “Oskar”ni qo‘lga kiritadi

“Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmlari yulduzi Tom Kruz kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun “Oskar” (Governors Awards) faxriy mukofotiga sazovor bo‘ladi. Bu haqda Amerika kinoakademiyasi rahbariyati ma’lum qildi.
“Barcha davrlarning eng taniqli va kassabop aktyorlaridan biri Kruz kino ijrosining qat’iy tarafdori bo‘lgan va COVID-19 pandemiyasi davrida sanoatga qiyin davrlarni yengib o‘tishga yordam bergan”, — deyiladi press-relizda.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Kruz to‘rt marta Akademiya mukofotiga nomzod bo‘lgan, shu jumladan Magnolia uchun va Top Gan: Meverik uchun prodyuser sifatida. U bilan birga qo‘shiqchi va “I Will Always Love You” qo‘shig‘i muallifi Dolli Parton, aktrisa Debbi Allen (“Shon-sharaf”) va sahnalashtiruvchi rassom Uinn Tomas (“Mars hujum qilmoqda!”) ham mukofotlanadi.
Faxriy “Oskar”larni topshirish marosimi 16 noyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.