“Tonggi shou”ning to‘rtinchi mavsumi treyleri e’lon qilindi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Apple TV+ “Tonggi shou” serialining to‘rtinchi mavsumiga oid rasmiy treilerini e’lon qildi. Jenifer Eniston va Riz Uizerspun bosh rollarni ijro etgan drama 17-sentyabrda strimingga qaytadi.
Yangi qismlarda Marion Kotiiar, Jeremi Airons, Aaron Pier, Boid Xolbruk va boshqalar ham ishtirok etishgan.
Bosh qahramonlar, telebakorlar Aleks va Bredli sun’iy yuz almashtirish texnologiyasi, fitna nazariyalari va korporativ sirlar tobora ommalashib borayotgan dunyoda omon qolishga urinishadi.
Serialning shouranerligini Sharlotta Staut (“Vatan” seriali) o‘z zimmasiga olgan. “Tonggi shou” 2019-yilda strimingda ilk bor namoyish etilgan va to‘rtta “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.