Top-5 ilova – ular o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar hayotini yengillashtiradi, ish jarayonini tushunarli va shaffof qiladi

Tasavvur qiling: mijozlarga xizmat ko‘rsatyapsiz, to‘lov olayapsiz, chek chiqarayapsiz va soliqlarni to‘layapsiz — bularning barchasini sevimli kafengiz yoki choyxonangizda o‘tirgan holda amalga oshiryapsiz. Fantastikadek eshitilyaptimi? Yo‘q, bu o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun zamonaviy mobil ilovalar bilan haqiqatdir! TBC Bank bilan birgalikda ish jarayonini maroqli qiladigan shaxsiy vositalar to‘plamini tuzdik. Tayyormisiz? Boshlaymiz!
1. Soliq
- Nima uchun kerak: O‘z-o‘zini band qiladigan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish, QR-kodli ma’lumotnoma olish, daromadni nazorat qilish, ijtimoiy badalni to‘lash uchun O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining rasmiy ilovasi.
- Xususiyatlari: Sodda interfeys, JSHSHIR kiritish oson, SMS yoki E-IMZO orqali tasdiqlash, bir necha bosishda ma’lumotnoma olish.
Yuklab olish:
2. Payme
- Nima uchun kerak: To‘lovlarni qabul qilish, pul o‘tkazmalari, xaridlar uchun to‘lov, hisob-faktura jo‘natish, mablag‘ni yuritish va yechib olish.
- Xususiyatlari: Shartnomalarsiz ro‘yxatdan o‘tish, aniq tahlillar, kartaga darhol o‘tkazmalar. TBC Bank orqali o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun kreditlar bilan ishlaydi.
Yuklab olish:
O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun onlayn kreditlar
Bugungi kunda O‘zbekistonda hatto uydan chiqmasdan turib ham kredit olish mumkin.
TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladigan shaxslar uchun maxsus taklif taqdim etmoqda.
Juda oddiy: ilovaga kiring, ro‘yxatdan o‘ting, ariza to‘ldiring va javobni bir daqiqa ichida oling. Endi bankka borish, hujjat yig‘ish va javobni haftalab kutish shart emas!
Buning uchun kerak bo‘ladigani: o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomida bo‘lish, ariza to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Agar barchasi tayyor bo‘lsa — eng yoqimli jarayon: tasdiqlanganingizdan so‘ng pul TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga tushadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan biznesingiz gullab-yashnashi aniq!
Kredit bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti so‘nggi 300 000 foydalanuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblangan. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga bog‘liq va 1daqiqadan kamroq yoki ko‘proq vaqt olishi mumkin. Foiz stavkasi 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 000 so‘mdan dan 100 000 000 so‘mgacha. Batafsil ma’lumot – tbcbank.uz.
3. Multicard
- Nima uchun kerak: Hammasi bitta joyda: ro‘yxatdan o‘tish, to‘lov tizimlari (Click, Payme, Uzum), fiskallashtirish va buxgalteriya yuritish.
- Xususiyatlari: Bank hisob raqami va QR-ekvayringni ulash, avtomatik cheklar, “Trustbank”dan alohida hisob, 5 daqiqada o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish.
Yuklab olish:
4. WEEK
- Nima uchun kerak: Loyihalarni rejalashtirish va boshqarish: doskalar, ro‘yxatlar, taqvimlar, vaqt monitoringi va mijozlar bilan hisob yuritish.
- Xususiyatlari: Boshqa foydalanuvchilarni taklif qilish mumkin — bu mijozlar bilan vazifalarni muhokama qilishni osonlashtiradi. Bepul versiyada 5 tagacha foydalanuvchi, lekin vazifalar va hujjatlar sonida cheklov bor.
Yuklab olish:
5. Oson
- Nima uchun kerak: Tezkor to‘lovlarni qabul qilish/o‘tkazish, hamyonni to‘ldirish, QR-to‘lovlar.
- Xususiyatlari: Elektron hamyon UZCARD/HUMO va xalqaro kartalar bilan ishlaydi, 500 mingdan ortiq foydalanuvchiga ega. Mijozlardan to‘lov qabul qilishda juda qulay.
Yuklab olish:
Ilovalardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar:
- Soliq – ishni boshlash nuqtasi: o‘z-o‘zini bandlikni rasmiylashtiring va ma’lumotnoma oling.
- Payme yoki Multicard – to‘lovlarni qabul qilish va aniq hisobot uchun kerak.
- WEEK – ish tartibini yaxshi ko‘radiganlar, loyihalar va rejalashtirishni afzal biladiganlar uchun ideal.
- Oson – mijozlar bilan hisob-kitobni tezlashtiradi va to‘lov usullarini kengaytiradi.
- Soliq – daromadlar hisobini yuritish va soliqlarni vaqtida to‘lash uchun asosiy vosita.
Amaliyotda bu ilovalar qanday ishlaydi?
1. Soliq ilovasi orqali o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdingiz — ma’lumotnoma + QR olasiz.
2. Payme yoki Multicard uladingiz — QR-hamyon tayyor.
3. Mijozlardan to‘lovlarni Payme/Oson orqali qabul qilasiz.
4. Soliq ilovasida cheklar shakllantirasiz, WEEK orqali esa jadval va vazifalarni rejalashtirasiz.
5. Daromadni kuzatasiz, soliq va ijtimoiy badallarni onlayn to‘laysiz.
Ushbu beshta ilova yordamida: ro‘yxatdan o‘tishdan to to‘lovlargacha, to‘lovdan tortib soliq hisobotigacha ishingiz sodda va shaffof bo‘ladi. Ular O‘zbekistonda rasmiy litsenziyaga ega va Android hamda iOS uchun mavjud. Mustaqil biznesingizda omad va yoqimli daromad tilaymiz!