Aloqada bo‘ling

Toshkent 90-yillarda mana shunday ko‘rinishda edi. Yapon sayyohi olgan suratlarni ko‘rsatamiz

Muallif: Masha Mashkova
Toshkent 90-yillarda mana shunday ko‘rinishda edi. Yapon sayyohi olgan suratlarni ko‘rsatamiz

Yurtimiz ishqibozlari tomonidan to‘plangan Tashkent Retrospective 90-yillardagi Toshkent suratlari. O‘zbekiston poytaxtini yapon sayyohi va fotosuratchisi Iio Akitoshi shunday eslab qolgan. Tanlovga kiritilgan barcha suratlar plyonkaga olingan bo‘lib, aynan o‘sha “lampa” (nostalgiya) kayfiyatini taqdim etadi. O‘tmishga qaytamiz va nostalgik xotiralardan bahramand bo‘lamiz.

Toshkent tongi

Toshkentda oddiy ish kuni mana shunday boshlanardi: Shahrisabz ko‘chasida trolleybuslar va tramvaylar harakatda. Orqa fonda “moskvalik” 9 qavatli uylar va o‘sha mashhur “Bolalar olami” do‘koni.

“Tata” mehmonxonasi

Sovet davridagi uzoq qurilgan bino hindistonlik “Tata” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Aytgancha, mehmonxona hali ham bor, faqat boshqa nom bilan.

Telefon budkalari

90-yillardagi telefon budkalari, yana diskli apparatlar! Bu o‘zgacha nostalgik va sovetcha san’at turi edi.

GAZ-24-10 “Volga” taksisi

Sh. Rashidov prospektida. Taksi parkidagi so‘nggi “Volga” 90-yillarning oxirida yo‘qoldi, o‘rniga esa turkiyalik FIAT Dogan Tofas keldi.

Mustaqillik maydoni

Mustaqillik maydonidagi tong xuddi “Londondagiga” o‘xshaydi. Chap tomonda esa, Alisher Navoiy kutubxonasi va “Bahor” konsert zali ko‘rinadi.

GUM binosi tomidan ko‘rinish

Yuqorida, o‘ng tarafda, 1997-yilda buzib tashlangan Jome masjidi gumbazi ko‘rinmoqda.

Chorsu bozorining gumbazi

Gumbaz deyarli o‘zgarmagan: go‘yo surat 90-yillarda emas, o‘tgan haftada olingan!

Bozordagi savdo

“Chorsu” ichida ziravorlar, sabzavotlar va nonlar sotayotgan xushchaqchaq savdogarlar. Ishonamizki, ularning farzandlari va nevaralarini taniysiz.

7 qavatli uy – Samarqand darvoza

Sovet davrida bu yerda 91-avtobusning so‘nggi bekati bo‘lgan, uyning pastki qavatida esa oziq-ovqat do‘koni joylashgan.

Jukovskiy ko‘chasi

“Akademkitob” do‘koni yonida, Yaponiyaning elchixonasidan bir necha qadam narida. Aynan shu yerda fotosuratchi o‘z sayohatini yakunlagan.