Toshkent metrosida harakatlanish vaqtincha bepul bo‘ladi

6-iyun, Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ertaroq — soat 03:00 dan ishlay boshlaydi. Bu ertalabgi bayram namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan shaharliklar uchun qulaylik yaratish maqsadida rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, soat 3:00 dan 10:00 gacha barcha yo‘lovchilar uchun metroning barcha yo‘nalishlarida harakatlanish bepul bo‘ladi.
Boshqa dam olish kunlari uchun metro jadvali ham e’lon qilindi:
- 7-iyun (shanba) — metro odatdagi shanba kunlik jadval asosida ishlaydi;
- 8-iyun (yakshanba) — poyezdlar harakati yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadvalga muvofiq ertalab soat 5:00 dan boshlanadi.