Toshkent metrosining qaysi bekatlarida hojatxona qurilishi maʼlum boʻldi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Toshkent metrosining qaysi bekatlarida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi maʼlum boʻldi.
Taʼkidlanishicha, hojatxona qurish uchun yer ostida joylashgan quyidagi 9 ta gavjum bekat tanlab olingan:
- “Buyuk ipak yoʻli” bekati;
- “Amir Temur xiyoboni” bekati;
- “Mustaqillik maydoni” bekati;
- “Paxtakor” bekati;
- “Olmazor” bekati;
- “Beruniy” bekati;
- “Chorsu” bekati;
- “Doʻstlik” bekati;
- “Bodomzor” bekati.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda 4 ta metro bekatida, xususan, “Buyuk ipak yoʻli”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy"da rejalashtirilgan hojatxonalarning loyiha hujjatlari yakuniy bosqichda boʻlib, qurilishning 1-bosqichi boshlangan.