Toshkent va Guanjou oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Parvozlar 3-noyabrdan boshlanadi. Haftaning yakshanba kunlari borish, dushanba kunlari esa qaytish reyslari amalga oshiriladi.
Centrum Air Toshkent va Guanchjou oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvozlar 3-noyabrdan boshlanadi. Haftaning yakshanba kunlari borish, dushanba kunlari esa qaytish reyslari amalga oshiriladi.
Bir tomonlama chipta narxi 9,2 mln soʻmdan boshlanadi (narx eʼlon qilingan paytda amal qiladi).