Aloqada bo‘ling

Toshkentda 17-dekabr kungi havo sifati: ifloslanish darajasi meʼyordan sakkiz barobar yuqori

Toshkentda 17-dekabr kungi havo sifati: ifloslanish darajasi meʼyordan sakkiz barobar yuqori

Poytaxtda 118 AQI koʻrsatkichi qayd etildi.

17-dekabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi meʼyordan sakkiz barobar oshgan. Bu maʼlumotlar IQAir portalida keltirilgan.

Oʻzbekiston poytaxtidagi kuzatuv stansiyasi soat 09:05 da 118 AQI natijasini qayd etgan. PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan havo sifatining oʻrtacha yillik qiymatidan 8,5 barobar yuqori ekanligi aniqlangan.