Toshkentda gullar festivali bo‘lib o‘tadi
                            Muallif: 
            
                                                Shohzamon Shuhratov
                                    
                            
            
            Toshkent shahrida 1−3 may kunlari gullar festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival jamoatchilik e’tiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarning ekologik ongini shakllantirish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, festivalda ishtirok etish uchun ekologik dizayn, barqaror rivojlanish va “yashil iqtisodiyot” sohasida faoliyat yurituvchi biznes va tashkilotlar vakillari taklif etiladi.
Ishtirokchilarga o‘z loyihalarini keng auditoriyaga taqdim etish, hamfikr va hamkorlarni topish, shuningdek, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratiladi.
Festival Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tadi.