Aloqada bo‘ling

Toshkentda ilk shokolad muzeyi ochildi

Toshkentda ilk shokolad muzeyi ochildi

Toshkentda Markaziy Osiyodagi yagona shokolad muzeyi Toshkentda ishga tushdi, deya xabar beradi Madaniy meros agentligi axborot xizmati.

Muzey 17-apreldan boshlab Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bogʻida faoliyat boshladi. Unda quyidagilarni koʻrish mumkin boʻladi:

  • shokoladdan yasalgan Oʻzbekiston hamda dunyo madaniy yodgorliklari;
  • shokoladlar olamiga sayohat: uning tarixi, yaratilish jarayoni;
  • maxsus shokolad tayyorlash ustaxonasi;
  • esdalik uchun foto hududlar;
  • kakao bogʻchasi.

Muzey ish boshlagandan keyin har kuni 10:00 — 23:00 ochiq boʻladi.