Aloqada bo‘ling

Toshkentda ot va avtomobil oʻrtasida poyga uyushtirildi

Toshkentda ot va avtomobil oʻrtasida poyga uyushtirildi

Oʻzbekiston poytaxtida avtomobil va ot oʻrtasida poyga tashkil etildi. Video Telegram kanallarda tarqaldi.

Tarqalgan videoda avtomobil va otning tezlik uchun musobaqalashayotganini koʻrish mumkin. Videodagi maʼlumotlarga koʻra, avtomobil Gentra boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, video qachon suratga olingani hozircha nomaʼlum. Ammo video mualliflarining kiyinishidan maʼlum boʻlishicha, video havo issiq paytda suratga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar bunday tadbirlarning xavfsizligi haqida savol berishdi.