Ob-havo

Toshkentda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda

Toshkentda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda

Chorshanba kuni poytaxtda shamol tezligi normadan yuqori bo‘lishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. Ushbu davrda havoda mayda RM10 dispers zarrachalari qisqa muddatga ko‘payishi ehtimoli yuqori.

9-iyul, chorshanba kuni Toshkent shahrida shamol tezligi normadan yuqori bo‘lishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda, deya ogohlantirdi O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja o‘zining Facebook sahifasida.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Sinoptiklar hafta boshida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishini ma’lum qilgan.

Soat 9:00 da havodagi mayda PM2,5 zarrachalarining miqdori 47,6 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan (35 mkg/m3) 1,36 marta oshadi.