Aloqada bo‘ling

Toshkentdagi ayrim tumanlarda isitish taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Toshkentdagi ayrim tumanlarda isitish taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Veolia Energy Tashkent avariyaviy holat yuzaga kelgani bois poytaxtning 5 ta tumanida issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatilganini eʼlon qildi.

Isitish quvurida avariya holati yuzaga kelganligi sababli (issiq suv taʼminotini cheklamagan holda) issiqlik taʼminoti  quyidagi manzillarda vaqtinchalik toʻxtatildi:

Mirobod tumani:

  • Nukus, T.Shevchenko, Oybek, Gospital, Amir Temur, Shahrisabz, Buxoro, S.Azimov, Said Baraka koʻchalari.

Mirzo Ulugʻbek tumani:

  • M-1, M-2 massivlari.

Yunusobod tumani:

  • Markaz-2 dahasi va Y.Gʻulomov koʻchasi.

Yakkasaroy tumani:

  • Nukus va Kichik Beshyogʻoch koʻchalari.

Yashnobod tumani:

  • S.Azimov, Istiqlol, Istiqbol, Toʻytepa, Maxtumquli, Elbek koʻchalari.

Quvurdagi muammoni bartaraf etish maqsadida tezkor avariyaviy-tiklov ishlari olib borilmoqda.

Veolia Energy Tashkent MCHJ kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishini bildirgan.