Aloqada bo‘ling

Toshkentdan Chinorkentga boradigan poyezdlar jadvali oʻzgardi

Toshkentdan Chinorkentga boradigan poyezdlar jadvali oʻzgardi

2025-yilning 11-aprel kunidan boshlab “Toshkent-Chinorkent-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab harakatlanuvchi 7201/7202, 7203/7204, 7205/7206-sonli shaharlararo tezyurar poyezdlari qatnov jadvaliga texnik sabablarga koʻra oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra:

7201-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi:

  • Toshkent 06:24 — Chinorkent 08:01;

7202-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi:

  • Chinorkent 08:26 — Toshkent 09:59;

7203-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi:

  • Toshkent 12:15 — Chinorkent 13:48;

7204-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi:

  • Chinorkent 14:19 — Toshkent 15:52;

7205-sonli “Toshkent — Chinorkent” yoʻnalishi:

  • Toshkent 18:24 — Chinorkent 19:56;

7206-sonli “Chinorkent — Toshkent” yoʻnalishi:

  • Chinorkent 20:16 — Toshkent 21:49 vaqtda harakatlanadi.

Avvalroq Gulistondan Chinorkentgacha boradigan tezyurar poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar berilgandi.