“U” filmining prikveli oktyabrda chiqadi

HBO Max strimingi “U: Derriga xush kelibsiz” serialining yangi posterini e’lon qildi. “U” kino olamining yangi loyihasi shu yilning oktyabr oyida ekranlarga chiqadi.
Taqdimotning aniq sanasi keyinroq ma’lum qilinadi. Shoudagi Pennivayz masxarabozini yana Bill Skarsgard gavdalantiradi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Asosiy voqealar 1962-yilda Derri shahrida kechadi. Ayrim qismlarning voqealari 1930-yillarda, Pennivayzning paydo bo‘lish davrida sodir bo‘ladi.
Serialda shuningdek, Teylor Peyj, Jovan Adepo, Jeyms Remar, Madelin Stou, Kris Chok va boshqalar ham rol ijro etishgan. Birinchi mavsum to‘qqizta qismdan iborat bo‘ladi.
Bir nechta seriyalarga “U”ning ikkala to‘liq metrajli filmini ham suratga olgan Endi Musketti rejissyorlik qilgan. Stiven King romani asosidagi dahshatli asarning ikki qismi butun dunyo bo‘ylab 1,168 milliard dollar daromad keltirgan.