“U seni izlab keladi” filmining davomi 2026-yilda suratga olinishi mumkin

Aktrisa Mayka Monro “U seni izlab keladi” dahshat filmining ikkinchi qismi suratga olinishi yaqin orada boshlanishiga ishora qildi.
“Kelasi yil bu sodir bo‘lishiga umid qilamiz”, dedi Monro DiscussingFilm bilan suhbatda.
Shuningdek, u film ssenariysini “ajoyib” deb ta’rifladi. Davom filmi “They Follow” (“Ular seni izlab keladi”) deb nomlanadi. AQSHda filmni NEON kompaniyasi tarqatadi. Davom filmi haqida dastlab 2023-yil kuzida ma’lum bo‘lgan edi. Rejissorlik kursisiga Devid Robert Mitchell qaytadi.
“U seni izlab keladi” filmi 2014-yilda ekranlarga chiqgan. Syujet Jey (Monro) ismli qiz haqida bo‘lib, u jinsiy aloqadan so‘ng g‘alati ko‘rinishlarni ko‘ra boshlaydi. Qahramonga doim kimdir uni kuzatayotgandek tuyuladi.
1,3 million dollarga suratga olingan film jahon bo‘ylab 23,3 million dollar daromad keltirdi. Keyinchalik film 2010-yillarning eng mashhur va taniqli mustaqil dahshat filmlaridan biriga aylandi.