“Uddalab bo‘lmas topshiriq”ning yakuniy qismi 500 mln dollardan ortiq daromad to‘pladi

“Uddalab bo‘lmas topshiriq: Yakuniy hisob-kitob” jangari filmining jahon bo‘ylab tushumlari 500 million dollardan oshgani haqida ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Film hisobida jami 506 million dollar yig‘ildi: shundan 166,3 million dollari AQSH ichki prokatiga va 340,5 million dollari xalqaro bozorlarga to‘g‘ri keldi. “Hisob-kitob”ning byudjeti taxminan 400 million dollarni tashkil etgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Franshizaning yakuniy qismida agent Itan Xant (Tom Kruz) qudratli sun’iy intellektga qarshi kurashni davom ettiradi. Filmni Kristofer MakKuorri sahnalashtirgan. Tanqidchilar loyihani ijobiy baholadi: Rotten Tomatoyes’da 80 foiz, Metacritic’da 100 balldan 67 ball oldi.