Ulug‘bek Rashitov doping qoidalarini buzganlikda ayblanib, ikki yilga musobaqalardan chetlatildi

Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi vakili Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda ayblanib, ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro dopingtahlil agentligi (ITA) rasmiy bayonot orqali ma’lumot berdi.
Agentlikning xabariga ko‘ra, sportchi oxirgi 12 oy ichida uch marotaba o‘z manzilini noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Bu esa doping tekshiruvlaridan qochishga tenglashtiriladi va antidoping qoidalarining jiddiy buzilishi sifatida baholanadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!
Shu sababli, Rashitovga nisbatan ikki yillik diskvalifikatsiya joriy qilindi. U 2025-yil 13-maydan 2027-yil 12-maygacha barcha rasmiy musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 hamda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shuningdek, u Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan, jahon chempionatida esa sovrindorlar qatoridan joy olgan. Rashitov taekvondo tarixida ikki marta Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan ilk erkak sportchi sifatida nom qozongan.