Kino

Uolton Goggins “Jon Uik” muallifi tomonidan yaratiladigan jangari filmda rol o‘ynaydi

Uolton Goggins “Jon Uik” muallifi tomonidan yaratiladigan jangari filmda rol o‘ynaydi

Uolton Goggins “Jon Uik” ssenariysi muallifi Derek Kolstad qalamiga mansub “Musavvir” nomli jangari filmda bosh rolni ijro etadi. Uning hamrohlik qiluvchi aktrisa “O‘lja” filmida suratga tushgan Ember Midfander bo‘ladi.

Asosiy qahramon bolaligidan jang san’atlarini o‘rgangan yosh ayoldir. Otasini jinoyatchilar o‘g‘irlab ketganda, qiz uni qutqarish uchun barcha mahoratini ishga solishga ahd qiladi.

Filmni “Avatar” va “Logan” filmlari kaskadyor sahnalari rejissyori Garret Uorren sahnalashtiradi. “Musavvir” uning to‘liq metrajli ilk filmi bo‘ladi.

Shuningdek, mashhur rejissyor Jeyms Kemeron ushbu jangari filmning ijrochi prodyuseri vazifasini bajaradi.