Aloqada bo‘ling

Uzbekistan Airways ayrim shaxslar uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

Uzbekistan Airways ayrim shaxslar uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qildi

Undan joriy yilning 23-dekabridan kelasi yilning 7-yanvarigacha boʻlgan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun foydalanish mumkin.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi talabalar uchun 50% chegirma eʼlon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Undan oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari mahalliy yoʻnalishlardagi parvozlarda foydalanishlari mumkin.

Chegirma joriy yilning 23-dekabridan boshlab, kelasi yilning 7-yanvarigacha boʻlgan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin. Buning uchun davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

15-dekabrdan Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha Afrosiyob poyezdi yoʻlga qoʻyiladi. Qatnovlar 15–31-dekabr hamda 3–12-yanvar kunlari oraligʻida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.