Sport

WR Chess. O‘zbekistonlik shaxmatchilar musobaqada 4-o‘rinni egallab, 80 ming yevro mukofotga ega chiqdi

WR Chess. O‘zbekistonlik shaxmatchilar musobaqada 4-o‘rinni egallab, 80 ming yevro mukofotga ega chiqdi

Buyuk Britaniyaning London shahri rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan jamoaviy Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada dunyoning 55 nafar jamoasi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Musobaqada o‘zbekistonlik yetakchi grossmeysterlar – Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov, Saydali Yo‘ldoshev, Afruza Hamdamova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, va Gulruhbegim Tohirjonova qatnashdi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevroni tashkil etadi. Shundan rapid yo‘nalishiga 310 ming, blits yo‘nalishiga esa 190 ming yevro ajratilgan. Dastlabki uch kun davomida rapid bahslari bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa 12 ta bahsda dona surdi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

O‘zbekiston terma jamoasi hal qiluvchi uchinchi kungi bahslarda ikki g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi. 12-turdagi yakuniy o‘yinda Nodirbek Abdusattorov fransiyalik kuchli raqib Alireza Firuzjaga qarshi kechayotgan partiyada mag‘lubiyatga yaqin kelgandi, biroq u dahshatli kambekni amalga oshirib, g‘alabaga erishdi. Bu natija Hikaru Nakamura, Uesli So, Maksim Vashye-Lagrav, Aleksandra Kostenyuk kabi kuchli shaxmatchilar jam bo‘lgan WR Chess Team ustidan 3,5:2,5 hisobida zafar quchishga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, Global Ramblers jamoasi 5:1, Isroil terma jamoasi 4,5:1,5 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, Malcolm’s Mates va Hexamind jamoalari bilan 3:3 hisobida jangovar durang o‘ynashdi. Hexamind tarkibida taniqli grossmeysterlarga qarshi o‘yinda Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin, Nodirbek Abdusattorov esa Levon Aronyanni mag‘lub etdi. Rustam Qosimjonov va Shamsiddin Vohidov partiyalarini durang bilan yakunladi. Afsuski, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomquzieva o‘z raqiblariga imkoniyatni boy berdi.