Aloqada bo‘ling

Xonanda Afruza ilk bor ona bo‘ldi

Xonanda Afruza ilk bor ona bo‘ldi

Mashhur xonanda Afruza 2025-yil 25-iyulda birinchi marta farzandli bo‘ldi. U o‘g‘il ko‘rib, unga Muhammad Yasin deb ism qo‘ydi.

Afruza o‘zining ta’sirli xabarida his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etib, bu voqea uning hayotida naqadar muhim va betakror ekanligini tasvirlab berdi.

“Onalik baxtiga muyassar bo‘ldim. Bu qanchalik ajoyib tuyg‘u ekanligini so‘z bilan ifodalash qiyin. Shunday quvonch har bir xonadonni to‘ldirsin”, — deya yozdi xonanda.

Shuningdek, Afruza ijodiy faoliyatida vaqtincha tanaffus qilib, o‘zini butunlay oilasi va o‘g‘li tarbiyasiga bag‘ishlashi mumkinligini ma’lum qildi.