Xonanda Afruza tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Taniqli qo‘shiqchi Afruza imidjini tubdan o‘zgartirgan holda muxlislariga ko‘rinish berdi.
Uning aytishicha, yangi uslub ustida taniqli stilist Lidiya Andre ishlagan. U o‘zbek shou-biznesining ko‘plab yulduzlari bilan hamkorlik qiladi.
Fotosessiyani esa Baxtiyor Valiyev va Madina Sharif birgalikda o‘tkazgan. Ular ham yirik brendlar bilan doimiy ravishda ishlab kelishi ortidan tanilgan.
Xonanda ikki xil rasm e’lon qilib, muxlislaridan qaysi biri ularga ko‘proq yoqqanini so‘ragan. Folloverlar asosan birinchi raqamli rasmni afzal ko‘rgan.