Aloqada bo‘ling

Xonanda Hamdam Sobirov yangi albomini e’lon qildi

Xonanda Hamdam Sobirov yangi albomini e’lon qildi

Mashhur xonanda Hamdam Sobirov muxlislarini yangi albom chiqarishi haqidagi xabar bilan xursand qildi. U bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Yangi albom tez orada taqdim etiladi. Klip olamizmi? Ozgina qoldi, do‘stlar. Yana qaytamiz”, deya yozdi san’atkor so‘nggi postining izohida.

Hamdam Sobirovning yangi albomi uning so‘nggi yillardagi eng katta ijodiy ishlari qatoriga kiradi. Xonanda avvalgi loyihalarida ham turli janrlarni sinab ko‘rgan va yangi ovoz ohanglarini yaratishga intilgandi.

Bu safar esa u albomda o‘zining sahnadagi tajribasini, his-tuyg‘ularini va shaxsiy kuzatuvlarini musiqaga singdirganini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Hamdam Sobirov Rahim Abramov bilan hamkorlikdagi duetga ishora qilgandi. Bu haqda batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.